TIOEFIRLAR

TIOEFIRLAR, dialkil yoki diaril sulfid, RSRGʻ — oddiy efirlarning sulfidli analoglari (R va R1 uglevodorod radikallari). Quyi alifatik Tioefirlar efir hidli rangsiz suyuqliklar, suvda erimaydi, organik erituvchilarda eriydi. Dimetilsulfid, dietilsulfid, dipropilsulfid, diizopropilsulfid, dibutilsulfid, difenilsulfid, etilensulfid, tetrametilensulfid (tiofan) va b. T. jumlasidandir. Ularning suyuqlanish, qaynash trasi va zichligi turlicha. Simmetrik alifatik Tioefirlar baʼzan sulfidli alkillar deb xam ataladi, ular anorganik sulfidlarni alkillab olinadi. Aralash Tioefirlar merkantidlarni alkillab olinadi. Tioefirlar motor yonilgʻilari, surkov moylari va lateksga antioksidant, stabilizator sifatida qoʻshiladi. Baʼzi Tioefirlar dorivor moddalar, boʻyagichlar, detergentlar, erituvchilar sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x