TINISHBOYEV

TINISHBOYEV, Tinishpayev Muhammadjon (1879.12.5, Yettisuv viloyati — 1938.20.4) — davlat va jamoat arbobi, tarixchi olim. Turkiston muxtoriyati hukumatining 1bosh vaziri (1917-y. noyab. —dek.) va ichki ishlar vaziri (1917-y. noyab. — 1918-y. fev.). Alash Oʻrda hukumatining ichki ishlar vaziri (1917-y. dek. —1920-y. mart). Peterburg t. y. transporti muhandislari intini tugatgan (1906). 2Davlat dumasi deputati (1907-y. dan). Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteta aʼzosi (1917). Turkiston Reyepublikasi suv xoʻjaligi boshligʻi (1922), Yer sugʻorish boʻlimi boshligʻi (1924). Toshkentdagi qozoq xalq maorif intida turkiy xalqlar tarixi, mat., kimyo va fizikadan dare bergan (1920—25). Yettisuv gubernyasi (oblasti) ijroiya komiteti t. y. boʻlimi boshligʻi (1926). Turkiston — Sibir (Turksib) magistralida turli lavozimlarda ishlagan (1927 — 30). 1930-y. 3 avg. da sovet rejimi tomonidan qamoqqa olingan, 3 yilga surgun qilingan (1932 — 35). Guryev — Kandigach t. y. da ishlagan (1935 — 37). Toshkentda qayta qamoqqa olinib (1937-y. 21 noyab.), otib tashlangan. 1959-y. oʻlimidan soʻng oklangan. Tinishboyev turkiy xalklar tarixiga oid koʻplab asarlar, jumladan, «Qirgʻizqrzoq xalqi tarixiga oid materiallar» (rus tilida, Tinishboyev, 1925), «Turkmoʻgʻul tarixi» (1923) va b. muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x