TINCH OKEAN GEOSINKLINAL MINTAQASI

TINCH OKEAN GEOSINKLINAL MINTAQASI — Tinch Okeanii oʻrab turgan, Yer poʻstining hoz. zamon geosinklinal zonalari va turli yoshdagi burmalanish oblastlari majmuasini ifodalovchi Yerning eng yirik geosinklinal mintaqalaridan biri. And, Kordilyera, Yuqori YanaChukotka oblasti, Tinch okeanning orollar yoyi zonasini oʻz ichiga oladi. Baʼzan Tinch okean geosinklinal mintaqasi m ikkiga boʻlinadi: Sharqiy Tinch okean geosinklinal mintaqasi (Kordilyera) va Gʻarbiy Tinch okean geosinklinal mintaqasi Okean qaʼridan Tinch okean geosinklinal mintaqasi chuqur suvli novlar — Aleut, Kurill, Kamchatka, Mariana, Tonga, Karmadek, Peru, Chili, Gvatemala va boshqalar bilan ajralgan. Mintaqaning tashki chegarasi Sibir, XitoyKoreya, Jan. Xitoy, Avstraliya, Antarktida, Jan. Amerika va Shim. Amerika qad. materik platformalarining okeanga qaragan chekkalaridan iborat. Tinch okean geosinklinal mintaqasi, asosan, yuqori paleozoy, mezozoy, kaynozoyning hoz. zamon yotqiziqdarini oʻz ichiga oladi. Mintaqaning tashqi halqa boʻyicha uz. 56000 km atrofida; eni bir necha yuz km dan 3 — 5 ming km gacha.

Tinch okean geosinklinal mintaqasi atroflarida 2 xil strukturaviy qism: ulardan biri ortdagi — Yer poʻstining materikli tuzilishi bilan xarakterlanadi va geosinklinal burmalanish oblastlarida hosil boʻladi; boshqasi esa, roʻparadagi — okean qaʼrini oʻrab olgan strukturali zonalardan hosil boʻlgan, ularda materik pusti hali shakllanmagan. Okean oʻzaniga yaqinlashgan sari tektonik zonalar yosharib boradi va shunga muvofiq materikli oblastlarning oʻsishi yuzaga keladi. Tinch okean geosinklinal mintaqasi atroflarida Yerning «olovli halqasi» joylashgan boʻlib, yosh vulkanlar halqasi andezit tarkibli vulkan otilishining mahsuli; ularga seysmik jarayonlarning kuchli namoyenlari, jumladan, epitsentri 700 km chuqurlikda boʻlgan yer qimirlashlar toʻgʻri keladi. Tinch okean geosinklinal mintaqasi larida foydali qazilma konlarini konsentratsiyasi Yer poʻstining tutash uchastkalaridagiga nisbatan keskin koʻtarilgan boʻladi. Tinch okean geosinklinal mintaqasining materik qismida oltin, kumush, qalay, volfram, polimetall, okean oldi qismida esa, mis, temir, xromit, nikel, platina va oltin rudalari konlari tarkalgan. Simob konlari vulkanik mintaqalar bilan bogʻliq. Tinch okean geosinklinal mintaqasiga yirik neftgaz konlari ham toʻgʻri keladi. Ularning bir guruhi mintaqa chegarasida qad. platformalar tutashgan joylarda (Yukrri Yana bukilmasi, Shim. va Jan. Amerika bukilmalari), boshqasi — quyi kaynozoy chukindilari bilan toʻldirilgan chuqur bukilmalar (Saxalin, Kaliforniya, Kalimantan va b.)da joylashgan. Neftgaz resurelarining katta qismi chekka dengiz suvlari ostiga yashiringan. Tinch okean geosinklinal mintaqasi Yerning eng faol harakatdagi seysmik va vulkanli mintaqasi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x