TINBERGEN

TINBERGEN (Tinbergen) Yan (1903.12.4, Gaaga 1994, Rotterdam) — golland iqtisodchisi, hoz. zamon matematik ekonomiya vakillaridan biri, Niderlandiya FA aʼzosi. 1933-y. dan Rotterdmdagi Niderlandiya iqtisodiy fanlar maktabi prof., 1945—55 y. larda Markaziy rejalashtirish byurosi rahbari, 1965—70 y. larda BMTning rejalashtirish boʻyicha qoʻmitasi raisi. Ilmiy ishlari iqtisodiy siyosat nazariyasi, iqtisodiy rivojlanishni dinamik modellashtirish, «xufiya» narxlar konsepsiyasi, siklik iqtisodiy tebranishlar masalalariga bagʻishlangan. Tinbergen «kapitalistik samaradorlik» va «sotsialistik tenglik»ka asoslangan «oqilona tuzum» gʻoyasini olgʻa surgan. Asosiy asarlari: «AQSHdagi iqtisodiysikllar. 1919— 1939-y. lar» (1939), «Iqtisodiy siyosat nazariyasi», 1952; «Rivojlanishni rejalashtirish», 1968; «Siyosat va daromadlar taqsimoti taxlili», 1975 va b. Iqtisodiyot sohasidagi birinchi Nobel mukofoti laureati (1969; R. Fisher bilan birga).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x