TIMIRYAZEV Kliment Arkadyevich

TIMIRYAZEV Kliment Arkadyevich [1843.22.5(3.6), Peterburg 1920.28.4, Moskva] — rus olimi, tabiatshunosdarvinist, oʻsimliklar fiziologiyasi maktabining asoschisi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1890). D. I. Mendeleyev boshchiligida oʻsimliklarni oziklantirish ustida ish olib borgan. Germaniya va Fransiyada boʻlib, fizika, kimyo, botanika, agrokimyo va b. fanlar bilan shugʻullangan (1868— 70). T. Petrov nomidagi Dehqonchilik va oʻrmonchilik akademiyasida botanika oʻqituvchisi (1870—92), ordinar prof. 1875, Moskva untida prof. (1878-y. dan).

Timiryazev zamonaviy fotosintez taʼlimotining asoschisi. Oʻsimliklar fiziologiyasining dolzarb masalalari ustida ham tadqiqot ishlari olib borgan. Moskva Kishloq xoʻjalik akademiyasi va Rossiya FA Oʻsimliklar fiziologiyasi intiga Timiryazev nomi berilgan.

As: Sochineniya, t. 1 — 10, M., 1937— 40.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x