TILLAXONOV

TILLAXONOV Salimxon (1898, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — pedagog, Oʻzbekistonda milliy istiqlol harakati namoyandalaridan biri, «Milliy ittihod» tashkiloti Sirdaryo viloyati rahbarlaridan. 1914—16 y. larda boshlangʻich maktablarda oʻqituvchi, «Turon» truppasida aktyor. 1916 — 17y. larda Boku pedagogika intida oʻqigan. Toshkent eski shahar maorif boʻlimi mudiri. Maorif inti direktori, «Nashri maorif» uyushmasi muassislaridan biri (1923). S. Oʻrta Osiyo untida ham oʻqigan va oʻqituvchilik qilgan (1924—25). Toshkent okrug moliya kursini tashkil etib, unga rahbarlik kilgan (1925—29). «Moliya fani asoslari» asarini yozgan. 1929-y. noyab. da Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU) tomonidan qamoqqa olinib, keyin otib tashlangan. 1989-y. oklangan.

Ad.: Abdurashidxonov M ., Tanlangan asarlar, Tillaxonov, 2003.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x