TILLA QOʻNGʻIZLAR (Buprestidae) qoʻngʻizlar oilasi. Tanasining uz. 3—100 mm. Koʻpincha yaltiroq tusda. Tilla qoʻngʻizlar yozning issiq oylarida uchadi. Oʻsimliklar tanasi, bargi va gullarida (ayrim mayda turlari) uchraydi. Oʻsimlik toʻqimalari bilan oziklanadi. Lichinkalari oq rangli, oyoqsiz; poʻstloq ostida, buta hamda daraxtlar yogʻochida va oʻtlarda rivojlanadi. 12 mingdan ortiqturi bor. Oʻzbekistonda 120 turi uchraydi. Yer yuzida (ayniqsa, tropik mamlakatlarda) keng tarqalgan. Koʻpchilik Tilla qoʻngʻizlar (katta qaragʻay T. q. i, koʻk Tilla qoʻngʻizlar, terak T. q. i) oʻrmon oʻsimliklarini, qora Tilla qoʻngʻizlar mevali daraxtlarni zararlaydi. Buxoro T. q. i, toʻqay T. q. i Oʻrta Osiyo endemigi. Toʻqay Tilla qoʻngʻizlari va Sulaymon T. q. i Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые