TIKANLAR

TIKANLAR, pixlar (hayvonlarda) — teri ustidagi uchli qattiq tuzilmalar. Asosan, himoya funksiyasini bajaradi. Gʻovaktanlilar tikani kremnozyomli, bir necha nurli boʻlib, tayanch skelet funksiyasini bajaradi. Ignaterililar tikani ohak ignalardan iborat. Suyakdor balikdarda Tikanlar — suzgich qanotning (asosan, chetlarida joylashgan) boʻgʻimlarga boʻlinmagan suyakli nurlari. Baʼzi sut emizuvchilar (yexidnalar, proyexidnalar, tipratikanlar, jayra va h. k.)ning shoxsimon Tikanlari uchli va yoʻgʻon, koʻrinishi oʻzgargan tuklardan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x