TIBBIYOT ILMIY KUTUBXONASI

TIBBIYOT ILMIY KUTUBXONASI, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiyot ilmiy kutubxonasi — Oʻzbekistondagi yirik ilmiy kutubxonalardan biri. Toshkent sh. da 1935-y. tashkil etilgan. Hoz. Oʻzbekiston biotibbiy adabiyotlarning eng koʻp kitob saqlagichi sifatida faoliyat koʻrsatadi. Fondida qariyb 1 mln. ga yaqin asar bor, bular kitoblar, vaqtvaqti bilan chiqadigan tibbiyotga oid nashrlar, avtoreferatlar, shuningdek, 160 ming nusxadagi chet el adabiyotlaridir. Bundan tashkari, Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari», Gippokrat asarlari, 17 — 19-a. larda chop etilgan noyob kitoblar va tibbiyot fani hamda sogʻliqni saqlash asoschilari, shu bilan birga Oʻzbekiston tibbiyot olimlarining asarlari mavjud. 25 mingga yaqin kitobxonga xizmat qiladi, 900 mingdan ziyod kitob tarqatadi. Kutubxona sogʻliqni sakdash, tibbiyot va uning sohalariga oid biografik koʻrsatkichlar nashr etadi. Oʻzbekistondagi barcha tibbiyot kutubxonalariga amaliy va uslubiy yordam beradi. Kitobxonlarga xizmat uy abonenti, oʻquv zali, nostansionar shakllar va b. usullarda amalga oshiriladi. Kutubxona soʻrovqidiruv apparati alifboli, sistematik va fanlar kataloglari, umumiy hajmi 7 mln. dan ortiq roʻyxatga olish va mavzuiy kartotekalarga ega. 1996-y. dan Tibbiyot ilmiy kutubxonasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi hujjatlar markazi vazifasini bajarmoqda, shuningdek, materiallarni keng targʻib qilishni amalga oshirmoqda. 2002-y. dan Tibbiyot ilmiy kutubxonasida Oʻzbekistondagi kitobxonlarni oʻz sohasiga koʻra internet orqali axborotlar bilan taʼminlay oladigan katta yigʻma elektron kataloglar bor. T. i. k. tibbiy kutubxonalar Yevropa assotsiatsiyasining byurosi bilan hamkorlik olib boradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x