TEZOQAR

TEZOQAR — suvning oqimini kanalning balandlikda joylashgan qismidan pastroq qismiga katta tezlikda oʻtkazadigan qisqa kanal yoki nov shaklidagi gidrotexnika inshooti. Tezoqar beton, temirbeton, xarsang tosh kabi mustahkam qurilish materiallaridan quriladi. Tezoqarning hajmi, nishabi qoʻllanilayotgan material dosh berishi mumkin boʻlgan eng katta oqim tezligi hisobga olingan holda belgilanadi. Tezoqarning suv sarfi bir necha m3/s dan yuzlab m3/s gacha boʻlishi mumkin. Oqim tezligini kamaytirish uchun Tezoqar tubida, baʼzan esa yon devorlarida kvadrat yoki toʻgʻri burchakli kesimdan iborat qovurgʻa shaklidagi gʻadirbudirlar (qabariq shakllar, dumalok, toshlar) hosil qilinadi. Bular odatda Tezoqar qurilgan materiallardan yasaladi.

Tezoqar boshlanish qismi (ponur); tezoqar nov (shovva), soʻndirgich (suv qurilma qism energiyani soʻndirgich) va novni kuyi kanal bilan tutashtiruvchi chiqargich qismlardan iborat boʻladi. Tezoqarning bosh qismi yuqoridagi kanalni nov bilan ravon bogʻlaydi; novning koʻndalang kesimi toʻgʻri toʻrtburchak yoki trapetsiya shaklida, eni oʻzgaruvchan yoki doimiy boʻladi. Oʻzgaruvchan enli Tezoqarda oqim eni (shovva) torayadi yoki kengayadi. Oʻrta Osiyodagi sugʻorish sistemalarida (Xorazm viloyatidagi Gʻazovot, Polvon, Samarkand viloyatida Miyonqol, Toshkent viloyatidagi Shim. Toshkent va b. kanallarda) shovvaning yuqori qismi keng, pastki qismi tor boʻlgan yangi konstruksiyadagi Tezoqar qurilgan. Bu esa suvning novda ravon yoyilib oqishini va inshootlarning mustahkam va uzoq mudsat ishlanishi taʼminlaydi (q. Sharshara). Ziyomiddin Artukmetov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x