Tez pishar go‘shtli pirog

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 2 dona tuxum, 1 stakan un, 1 stakan qatiq, 0,5 choy qoshiq iste’mol sodasi.

Hamirning ichiga solish uchun masalliq: 300 gramm qiyma, 2-3 bosh piyoz, ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar.

Tayyorlanishi: qatiq iste’mol sodasi bilan aralashtirilib, unga 5 daqiqa dam beriladi. Keyin qatiqqa tuxum va un qo‘shilib, suyuqroq xamir tayyorlanadi. Pirogning orasiga solish uchun qiymalangan go‘shtga piyoz va ta’bga ko‘ra tuz va boshqa ziravorlar solinadi.

Qolip o‘simlik yog‘i bilan yog‘lanib, unga un sepiladi va tayyorlangan xamirning yarmi solinadi. Uning ustidan piyoz aralashtirilgan qiyma solinadi va usti xamirning qolgan qismi bilan yopiladi. Qizdirilgan duxovkada pirog 170 S haroratda 40 daqiqa davomida pishiriladi.

Dilfuza AZIMOVA

soglom.uz/tavsiya/tez-pishar-goshtli-pirog/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x