TEXAS

TEXAS — AQSHning jan. qismidagi shtat. Janub tomondan Meksika qoʻltigʻiga tutash. Texas maydoni boʻyicha Alyaska shtatidan keyin 2oʻrinda, aholisining soni boʻyicha Kaliforniya shtatidan keyingi oʻrinni egallaydi. Mayd. 691 ming km2. Aholisi 21,8 mln. kishi (2002), 80% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Ostin sh. Yirik shaharlari: Xyuston, FortUert, SanAntonio.

Yer yuzasining katta qismi plato, sohili pasttekislik. Gʻarbida qoyali togʻlarning tarmoqlari bor (eng baland joyi 2665 m). Iqlimi subtropik, gʻarbida kontinental iklim. Yillik yogʻin sharqida 1000 — 1300 mm, gʻarbida 200—300 mm. Oʻsimliklari savanna va dubqaragʻay oʻrmonlaridan iborat.

Texas — industrialagrar shtat. Neft, tabiiy gaz, oltingugurt, geliy qazib chiqariladi. Shuningdek, polimetall rudalar, uran, toshkoʻmir konlari bor. Sanoatning yetakchi tarmoqlari: neftni qayta ishlash, kimyo sanoatlari. Aviaraketasozlik, rangli metallurgiya sanoatlari ham rivojlangan. Oziq-ovqat, metallsozlik, mashinasozlik korxonalari bor. Q. x. da dehkrnchilik yetakchi oʻrinda. Asosan, paxta, shuningdek, bugʻdoy, joʻxori, makkajoʻxori, sabzavot, beda, yer yongʻoq ekiladi. Mevachilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Yirik portlari: Xyuston, Bomont, PortArtur va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x