TEST

TEST (ing. test — sinash, tekshirish) (psixologiyada) — shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari, shuningdek, uning boshqa ruhiy xususiyatlarini tekshirishda qoʻllaniladigan qisqa standart mashklar. Ijtimoiy amaliyotda Test odamning qanday kasbhunar egallashi mumkinligi, uning kasbga layokati yoki layoqatsizligini, isteʼdodli yoki akdi zaifligini aniqlashda, muayyan hamkorlikdagi faoliyatga shaxslarni saralashda keng qoʻllaniladi. Uning yerdamida tajribaning ilmiylik darajasi, kafolatligi, tekshiriluvlarning mahorati, qiziqishi, toʻplangan amaliy maʼlumotlarning haqqoniyligi, ishonchlilik koʻrsatkichi bir necha mezonlarga asoslanib tax,lil qilinadi. Testning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransis Galton (1822—1911) ishlab chiqqan (1883). «Test» terminini birinchi marta amerika psixologi Jeyms Kettell (1860 — 1944) qoʻllangan (1890). U T. lar yerdamida tanaga taʼsir etuvchi qoʻzgʻatuvchilarning idrok qilinishi vaqtini, refleks tezligini, reaksiya muddatlarini, teriga taʼsir oʻtkazishda hosil boʻluvchi ogʻriq sezgilarini, harflar qatorini esda olib qolish darajalarini aniklash mumkin, deb hisobladi. Fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi Test Simon insonning akliy oʻsishi va isteʼdodi darajalarini oʻlchash imkoniyati borligi gʻoyasini olgʻa surganidan keyin akliy Testlar nazariyasi keng yoyidsi. Mikdoriy maʼlumotlarni statistika metodikalari yerdamida hisoblab chiqish yuzaga keldi. Amerikalik Lyuis Permen (1877—1955) insonlarning akliy qobiliyatlarini uzluksiz 50 y. davomida oʻrgangan.

Hoz. davrda Testlar quyidagi turlarga ajratiladi: maqsadga erishuv Test lari (bilimlarni oʻlchashga qaratilgan); akliy Testlar (zehn, aklidroq, aklzakovat, isteʼdodni aniklashga yoʻnaltirilgan); ijodiyot Testlari (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshiruvchi); mezoniy moʻljal Testlari (oʻquv yoki kasbiy bilimlar va topshiriklarni qaysi koʻnikma, malaka, xattiharakat tizimi orqali oʻlchash mumkinligi); shaxsga oid Testlar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlarni oʻlchashga aloqador); proyeksiyaviy Testlar (tashqi taʼsirsiz shaxs oʻzini oʻzi oshkor qilishiga moʻljallangan) va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x