Test sinovlarida nogiron abituriyentlarga qanday xizmatlar koʻrsatiladi?

Test sinovlarida nogiron abituriyentlarga qanday xizmatlar koʻrsatiladi
Telegram kanal подписаться

Bu yilgi test sinovlari bilan bogʻliq savollarga Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev javob berdi.

Savol: Test sinovlarida nogiron abituriyentlarga qanday xizmatlar koʻrsatiladi?
Javob: Oʻtgan ikki yillarda oʻtkazilgan test sinovlarida nogironligi bor abituriyentlarni oxirgi kunlarga qoldirish, yaqin binolarga joylashtirish, binolarga olib borish, olib kelish uchun transport ajratish imkoniyatini yaratish, test sinovi topshirish jarayonida test topshiriqlarini yechib boʻlgan, lekin masalan, qoʻli titrab, javoblar varaqasini boʻyashga qiynalgan nogironlarga dalolatnoma tuzish va qolgan abituriyentlarga eʼlon qilgan holda yordam koʻrsatilgan.
Bu yil ham ular eʼtiborsiz qoldirilmaydi.
Savol: Agar matematika fanidan milliy sertifikat olsa, majburiy va ixtisoslik fanidagi matematikaga oʻtadimi?
Javob: Yoʻq, u faqat ixtisoslik fanlari uchun amal qiladi. Majburiy fanlardan test sinovini topshirish kerak.
Savol: Elektron toʻlovni amalga oshirishda foiz ham olib qolinadi. Boshqa turda toʻlov qilsa boʻladimi?
Javob: Toʻlovni elektron shaklda emas, eng yaqin bankka borib amalga oshirsa ham boʻladi. Unda ortiqcha toʻlov olinmaydi.
Savol: Milliy test tizimi doirasida matematika fanidan test topshirib, 70 foizlik sertifikat oldim. Lekin koʻnglim toʻlmayapti, boshqatdan topshirsam boʻladimi?
Javob: Talabgor navbatma-navbat oʻzi tanlagan taʼlim yoʻnalishiga mos umumtaʼlim fanlaridan sertifikatlarga ega boʻlishi yoki biror fandan past ball toʻplagan taqdirda, yuqori natijaga ega boʻlish maqsadida, uni qayta topshirishi ham mumkin.
Shuningdek, abituriyent sertifikati boʻlsa ham, oʻz ixtiyoriga koʻra shu fandan kirish test sinovini topshirishi ham mumkin, monelik yoʻq, bunday hollarda sertifikatdagi emas, kirish test sinovi natijasi hisobga olinadi.

Sizlarga ushbu sahifadagi eng zo’r mantiqiy savollarni ham o’qishni tavsiya qilaman: Mantiqiy savollar javoblari bilan 100 ta, DAHSHAT!

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x