TERMOMETRIYA

TERMOMETRIYA (termo… va…metriya) — amaliy fizika va metrologiyaning bir boʻlimi; trani oʻlchash usullari va vositalarini oʻz ichiga oladi. Termometriyada amalga oshiriladigan oʻlchashlar, asosan, Xalqaro amaliy t-ra shkalasiga asoslanadi. Termometriya oʻlchanayotgan t-ra diapazoni, oʻlchash aniqligi va sharoitiga qarab t-ra oʻlchashning yangi usullarini oʻrganadi; t-ra shkalalarini aniqlash, etalon va namunaviy oʻlchov asboblari, t-ra oʻlchaydigan barcha asboblarni tekshirish uning vazifasiga kiradi. t-ra oʻlchash usullari qoʻllanilayotgan asboblarning ishlash prinsipi, oʻlchanayotgan t-ra diapazoni, oʻlchash sharoitiga va kerakli aniklikka bogʻliq. Ular 2 guruh: kontakt usuli — termometriyaga va kontaktsiz usulnurlanish T. si yoki pirometriyaga boʻlinadi. Kontakt usuli asosida muhit trasini oʻlchaydigan asbob shu muhit bilan traviy muvozanatda, yaʼni muhit bilan bir xil trada boʻlishi kerak. t-ra oʻlchaydigan barcha asboblar, asosan, sezgirlik elementi va u bilan bogʻliq boʻlgan oʻlchash asbobidan iborat. t-ra oʻlchashda yagonalik va aniklikni taʼminlash uchun t-ra birligining Davlat etaloni kelvindan foydalaniladi. t-ra qiymatlarini t-ra etaloni bilan solishtirib, namunaviy asboblarga beriladi va ularga qarab t-ra oʻlchaydigan ishlash asboblari darajalanadi va tekshiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x