TERMOKARST

TERMOKARST (termo… va karst) — havoning yillik oʻrtacha trasi koʻtarilganda yoki tuproq trasining tebranish amplitudasi ortganda yer ostida muzning erib ketishi yoki toʻngib yotgan gruntning muzdan tushishi oqibatida yer yuzasida chuqurliklar, oʻpqonlar va yer ostida boʻshliklar paydo boʻlishi. Termokarst, ayniqsa, koʻp yillik muzlab yotgan togʻ jinslari rivojlangan oblastlarda tarqalgan boʻladi. Termokarst natijasida vujudga kelgan turli botiklik, chuqurlik, oʻpirilish, koʻl va botqokliklarning kattakichikligi har xil: diametri 1 necha m dan oʻnlab km ga, chuqurligi esa bir necha sm dan oʻnlarcha m ga yetadi. Termokarst jarayoni oʻrmonlar kesilishi, yonishi, zovurlar qazilishi va b. natijasida ham hosil boʻladi. Termokarstning salbiy oqibatlarini yoʻqotish uchun binolar qurishdan avval muzli zaminni eritib, drenajlar oʻtkazish, qurilish mobaynida va undan foydalanilayotganda yer ostidagi toʻngib yotgan jinslar va muzliklarni erishidan sakdash kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x