TERMODINAMIK POTENSIALLAR

TERMODINAMIK POTENSIALLARtermodinamik tizim holatini toʻla tavsiflaydigan va oʻzaro bogʻlanmagan hajm V, bosim r, t-ra T, entropiya S, tizimdagi zarralar soni N va b. makroskopik parametrlar x( ning aniq funksiyalari. Termodinamik potensiallar ichki energiya (UqUS, V, N, x), Gelmgols energiyasi (FqFV, T, N, x), Gibbs energiyasi (GqGp, T, N, x), entalpiya (HqHS, p, N, x) kabi funksiyalardan iborat. Termodinamik potensiallar bir-biri bilan quyidagicha bogʻlangan: FqU—TS, GqFQpV, HqUQpV. T. p. dan bittasi maʼlum boʻlsa, tizimning barcha termodinamik xossalarini aniklash mumkin. Har qanday termodinamik tizim uchun Termodinamik potensiallar statistik fizika usuli yordamida hisoblanadi. Termodinamik potensiallar terminini fanga 1884-y. da fransuz fizigi P. Dyugem kiritgan. Termodinamik potensiallar usulining asoschisi J. U. Gibbs oʻzining ilmiy ishlarida «fundamental funksiyalar»ni termin sifatida qoʻllagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x