TERMINOLOGIYA

TERMINOLOGIYA (termin va… logiya) — 1)

1) leksikanutg bir sohasi; muayyan fan, texnika, ishlab chiqarish. tarmogʻining, sanʼat, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi bilan bogʻliq terminlari majmui;

2) tilshunoslikning terminlarni oʻrganuvchi sohasi. Terminologiya tor maʼnoda maʼlum bir sohaga oid maxsus leksika. Mas., fizika T. si, ijtimoiysiyosiy Terminologiya, mashinasozlik Terminologiyasi kabi. Terminologiya umumxalq tilining leksikasi negizida vujudga keladi, boyiydi. Uz navbatida u, umumxalq tilining boyishi uchun xizmat qiladi. Terminologik leksika umumxalq tili leksikasining ajralmas qismi sifatida u bilan birga rivojlanadi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha jarayonlarni boshdan kechiradi. Maʼlum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy etgandagina oʻsha tilda maxsus Terminologiya vujudga keladi.

Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va b. Bugungi kunda oʻzbek Terminologiya sining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omil uning tartibga solinganligi va muntazamligidir. Terminologiyaning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Mas., umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, Terminologiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Mas., birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarimoʻtkazgich — chalaoʻtkazgich — nimoʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqishoʻqitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham Terminologiyasi maʼlum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish maʼlum terminologik meʼyorlar asosida amalga oshiriladi. Terminologiya rivojida fan sohalariga oid maxsus lugʻatlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega.

Oʻzbek tili T. si maʼlum taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Oʻzbek tili Terminologiyasi sohasidagi ishlarni oʻtgan asrning 50-y. larida Oʻzbekiston SSR Oliy Soveta Prezidiumi huzuridagi Til va Terminologiya komiteta boshkargan (1931—37 ylarda faoliyat koʻrsatgan), keyinchalik Oʻzbekiston FA Til va adabiyot inti krshidagi Terminologiya boʻlimi (1964-y. dan) olib bordi. OʻzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qoʻmitasi 1988-y. dan 2004-y. gacha oʻzbek tili Terminologiya sini tartibga solish va takomillashtirish bilan shugʻullanib keldi (2004-y. yanv. dan mazkur koʻmita faoliyati toʻxtatildi).

Nemat Mahkamov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x