TERMINATOR

TERMINATOR (lot. termino — chegarʻalayman, ajrataman) — sayyora yoki yoʻldoshlar gardishining yoritilgan (kunduzgi) yarim shari bilan qorongʻi (tungi) yarim sharini ajratuvchi chiziq. Sayyora yoki yoʻldoshlarning Terminator chizigʻidagi nuqtalarida Quyosh botayotgan (kechqurungi Terminator) yoki chiqayotgan (ertalabki Terminator) boʻladi. Yerdan koʻrinadigan yoritqich gardishi (mas., Oy) da Terminator hamma vaqt ellipsning yarmiga oʻxshaydi, Terminatorning gardish boʻylab siljishi faza almashinish hodisasini ifodalaydi (mas., Oy fazalari). Atmosferasi bor sayyoralard,h>yefraksiya va tong yorugʻligi yoki qosh qorayishi tufayli Terminator chizigʻi tungi yarim shar tomonga bir oz siljigan boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x