TERMIN (lot. terminus — chegara, had) — bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doyr tushunchani ifodalovchi soʻz yoki soʻz birikmasi. T. umumxalq tshtiga muayyan terminologik tizim orqali oʻtadi, binobarin, Termin va umumisteʼmoldagi soʻzlar bir-birini toʻldiradigan leksik birliklardir. Sistem xarakterga egalik, oʻz terminologik maydonida bir maʼnolilikka moyillik, histuygʻuni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar Terminga xos xususiyatlardir. Biologiya, mat., tilshunoslikda qoʻllanadigan «funksiya» soʻzini koʻp maʼnoli Termin sifatida emas, balki terminologik omonimlar, sohalararo sodir boʻlib turadigan reterminologik jarayon (bir soha Termin ining ikkinchi soha Termini sifatida qoʻllanishi) hosilasi tarzida qaralmogʻi lozim. Umumxalq leksikasiga doir qonuniyatlar Termin hosil qilishda ham kuzatiladi. Soʻz bilan Terminning umumiy va xususiy tomonlari yetarli darajada ochib berilgan emas; kundalik turmushda keng isteʼmolda boʻlgan soʻzlar ayni paytda turli sohalarga doir Terminlar hamdir. Mac, quloq, burun, tomoq — anatomiya va tibbiyot; gilam, sholcha, palos — gilamdoʻzlik; kitob, ruchka, daftar — pedagogik soha Termin lari boʻlish bilan birga umumxalq tilida faol qoʻllanadi.
Hoz. kunda «Termin» soʻzi bilan bir qatorda «atama», «istiloh» soʻzlari ham ayni maʼnoda qoʻllanmoqda. Pekin ular «Termin» soʻzining hoz. maʼnosini toʻliq ifoda eta olmaydi. «Atama» soʻzi keng maʼnoda boʻlib, geografik obyektlar, atokli nomlarga nisbatan qoʻllanadi. «Istiloh» soʻzini esa Termin maʼnosida tarixiy mavzulardagi matnlar (mas., adabiyot tarixi, Sharq falsafasi va b.)da bemalol qoʻllash mumkin.
Ibodulla Mirzayev.