TERMIZ HAYVONOT BOGʻI

TERMIZ HAYVONOT BOGʻI – ilmiy-maʼrifiy muassasa. OʻzRdagi 2hayvonot bogʻi (birinchisi Toshkentda) . 1938-y. 1 sent. da Termiz sh. da 35 ga maydonda tashkil etilgan (1934—37 y. larda Surxondaryo oʻlka muzeyi qoshidagi zoologiya boʻlimi). 1942-y. da hayvonot bogʻi yopildi va uning hayvonlari Toshkent hayvonot bogʻita koʻchirildi. 1947-y. 1-maydan qayta ish boshladi. Mayd. 22 ga, shuningdek, Termiz tumandagi «Yangiariq» shirkatfermer xoʻjaligi hududida yordamchi xoʻjaligi uchun 32 ga yer ajratilgan (2004). Termiz hayvonot bogʻida jonivorlarning 140 turi (umumiy soni 434 ta, 2003) mavjud boʻlib, undan 18 turi Xalqaro Kizil kitobga kiritilgan. Hayvonot bogʻida baliqlarning 15 turi; ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlarning 2 turi; sut emizuvchilarning 94 turi mavjud. Bular orasida sher, yoʻlbars, qoplon, yenot, poni, xongul, qulon, har xil maymunlar, qoʻngʻir ayiq, oq tirnoq ayiq, turli xil noyob qushlar bor. T. h. b. tajribabotanika uchastkasida 120 turdan ortiq xar xil mevali va manzarali daraxtlar va butalar oʻstiriladi.

Har yili «qushlar bayrami», sayllar oʻtkaziladi. 2001-y. T. h. b. xalqaro andozalar talabiga javob beradigan tartibda qayta qurildi. Termiz hayvonot bogʻi haqida «Eng janubiy» hujjatli film yaratilgan (1979). Hayvonot bogʻi MDHdagi barcha hayvonot bogʻlari bilan aloqalarga ega.

Ad.: Termiz hayvonot bogʻi, Termiz hayvonot bogʻi, 1959.

Shomat Samatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x