TERIXOʻRLAR

TERIXOʻRLAR (Dermestidae) qoʻngʻizlar oilasi. 800 ga yaqin turi maʼlum. Tanasining uz. 2—12 mm, silindrsimon yoki oval, moʻylovi kalta. Lichinkasi harakatchan, tanasi xitin qoplagʻich va uzun tuklar bilan qoplangan. Terixoʻrlar hayvon va oʻsimlikning quruq mahsulotlari (moʻyna, teri, quruq meva, gerbariy va b.), ayrim turlari gul changi bilan oziklanadi. Vetchina terixoʻri, muzey terixoʻri, moʻyna terixoʻri kabi zararkunanda turlari bor. T. ga karshi kurashish uchun omborlar dezinseksiya qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x