TEPLOXOD

TEPLOXOD — ichki yoʻnuv dvigateli bilan harakatlanadigan kema; oʻziyurar kemalarning eng keng tarqalgan turi. Daryoda suzishga moʻljallangan vintli tanker «Vandal» birinchi marta Rossiyada yasalgan (1903). Chet elda birinchi transport T. i — «Zelandiya» tankeri Daniyada yaratildi (1922). Ilgari asosiy dvigateli dizelli va eshkak vintining elektr dvigateliga elektr quvvati uzatadigan mexanizmi boʻlgan kemalarni dizelelektroxod deb xam atashgan (q. Elektroxod).

Teploxodda asosiy dvigetal sifatida 2 va 4 taktli, kichik, oʻrta va katta tezlikda aylanuvchi ichki yonuv dvigatellari ishlatiladi. Ichki yonuv dvigatelida ish bajargan gazlar issiqligidan maxsus qozonda bugʻ tayyorlash uchun, bugʻdan esa elektr energiya ishlab chikarish va kema extiyojlari uchun foydalaniladi. Teploxod dvigatellarining quvvati — 50000 o. k. gacha, tezligi — 150 km/soat gacha. Havo yostikli va suv osti qanotli Teploxodlar ham bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x