TENOR

TENOR (lot. tenor — ovozning tekis xarakati) — 1) oʻrta asr Yevropa cherkov (grigorian) xoraljal ohang rivojidagi asosiy, uzoq ushlab turiladigan parda (nomi shundan). Keyinchalik, koʻp ovozli asarlarda asosiy ovoz (partiya) nomi;

2) erkak xonandaning baland (ingichka) ovozi. Diapazoni s—s2. Lirik (Faust, Lenskiy) va dramatik (Xoze, German va b.) turlari bulib, birinchisining yukrri registri kuchli, kuyni ohangdor, yengil harakatda namoyish etadi; dramatik Tenor esa nisbatan yoʻgʻonroq, har bir tovushga yorqin tembr va badiiy taʼsirli ifoda beradi. Opera ijrochiligida xarakterli (Trike — «Yevgeniy Onegin»), qahramonona (Zigmund — «Valkiriya»), lirikdramatik (Otello), T. —altino (Munajjim, «Oltin xoʻrozcha gʻaqida ertak») kabi turlari ham ajratiladi. Oʻzbekistonda S. Yarashev, F. Abdurahmonov, A. Azimov, I. Jalilov, K. Serjanov va b. T. ovoziga ega;

3) mispuflama musiqa cholgʻu asbobi. Puflama sozlar orkestrida asosiy sozlardan;

4) oʻzga musiqa sozlarining Tenor turlari (saksofon q T., T. q trombon va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x