TENNESSI

TENNESSI — AQSHning sharqiy qismidagi dare, Ogayo daryosining chap irmogi. Appalachi togʻlarining gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadigan Xolston va FrenchBrod daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uz. 1050 km (Xolston daryosi boshlanish yeridan 1470 km), havzasining mayd. 104 ming km2. Oʻrtacha suv sarfi 1800 m3/sek. Toʻlin suv davri qish va bahor oylariga toʻgʻri keladi. Tennessi oqimi suv omborlari tizimi bilan toʻliq boshqarilib turadi. GES, issiklik elektr styalari, AES qurilgan. Kema qatnaydi. Tennessi boʻyida Noksvill, Chattanuga, Florens sh. lari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x