TEMPERATURA

TEMPERATURA (lot. temperatura — zarur siljish, oʻlchamdorlik, normal holat) — makroskopik tizimning termodinamik muvozanat holatini xarakterlovchi asosiy parametrlardan biri. Termodinamik muvozanat holatida turgan tizimning barcha qismlarining Temperaturasi bir xil boʻladi. Agar tizim muvozanat holatdan chiqarilsa, uning issiqroq qismlaridan sovuqroq qismlariga issiqlik uzatilishi natijasida maʼlum vaqgdan soʻng tizimning hamma qismlarida Temperaturaning tenglashishi vujudga kelib, termodinamik muvozanat holatiga qaytadi.

Tizim tarkibidagi jismlarni isitish yoki sovitish, yaʼni trasini oʻzgartirish ularning qariyb barcha fizik xossalariga taʼsir qiladi: jismlarning chizikli oʻlchamlari, elastikligi, elektr oʻtkazuvchanligi va b. xossalari oʻzgaradi. Temperaturani oʻlchash uchun bu oʻzgarishlarning istalgan biridan foydalanish mumkin. Temperatura bevosita oʻlchanmaydigan kattalik. U boshka kattaliklarni oʻlchash orqali anikdanadi. Mas., tizimning Temperatura sini isitish yoki sovitish natijasida gaz hajmi yoki bosimining oʻzgarishi (suyuqlik, jumladan, simobli termometrlar), oʻtkazgichlarning elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) lari oʻzgarishi (termoparalar) va b. orqali aniqlash mumkin.

Statistik fizikatsa Temperatura termodinamik muvozanat holatdagi tizimni tashkil etgan zarralarning oʻrtacha kinetik energiyalarini tavsiflovchi kattalikdir. Astrofizikada Temperatura — muhitning fizik holatini ifodalovchi parametr. Osmon jismlarining Temperatura sini baʼzi nazariy farazlarga asoslangan holda ularning nurlanishini oʻrganish yoʻli bilan aniqlanadi. Temperaturaning quyidagi xillari mavjud: yulduz (yoki boshqa obyektning, mas., Quyosh toji) ning effektiv Temperaturasi — yulduz oʻlchamiga teng va yulduz tarqatayotgan toʻliq nurlanishni chaqara oladigan mutlak qora jism T. si. Ravshanlik T. si — berilgan yoʻnalishda kuzatilayotgan muayyan toʻlqin uzunlikdagi nurlanish intensivligiga teng nurlanish chiqara oladigan mutlaq qora jism T. si. Spektrofotometrik Temperatura — kuzatilayotgan spektral sohadagi nurlanish intensivligining nisbiy taqsimlanishiga yaqin nurlanish chiqara oladigan mutlaq qora jism Temperatura si. Spektrometrik Temperatura spektrning turli sohalarida turlicha boʻlishi mumkin. Gʻalayonlash Temperaturasi — atomlarning gʻalayonlash holatlari boʻyicha taqsimlanishini ifodalovchi parametr. Ionlanganlik Temperaturasi — spektral chiziqlarning nisbiy intensivligi boʻyicha aniqlanuvchi va moddaning ionlanganlik darajasini belgilovchi parametr.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x