TELUGU ADABIYOTI

TELUGU ADABIYOTItelugu (andxra) xalqining adabiyoti. Telugu tili 1ming yilliklarda shakllana boshlagan. Birinchi yozma yodgorliklar toshlarga oʻyib yozilgan «shasana» yozuvlaridir. Telugu tilidagi eng qad. yozuv 575-y. ga oid. 7—8-a. larga tegishli yozuvlar juda kam saklangan. Shasana yozuvlaridagi birinchi sheʼriy asar 9-a., telugu tilidagi birinchi sheʼr esa 849-y. ga taallukli. Padma (10-a.) teluguda «Jinendra haqida parana» nomli oʻz ustozi haqida asar yaratgan. «Mahabharatatmnt Nannaya Bhatta (11-a.) tomonidan telugu tiliga tarjima qilingan nusxasi — «Andhra Mahabharata» T. a. ning ilk namunasidir. Sarvadeva esa jaynizm goyasi bilan sugorilgan 2 ta: «Adi puranam» («Azaliyat haqida doston») hamda «Viratamu» («Virat haqida asar») dostonlarini yozgan. Pavuluru Mallaning «Pavuluganitama» («Matematika», 12-a.) traktati bir necha ming sheʼriy misralardan iborat. Shu davrda «lakshanagrantxamu» — «sheʼriyat haqida traktat»lar (Mallaya Rechana — «Kavijanashrayamu»si, Gokarna Devaning traktatlari) yaratildi. 12-a. T. a. da Palkurika Somnahta (13-a.)ning «Anubhavasaram» («Bilish ilmi asoslari»), «Basava paranam» («Basava haqida qissa») hamda «Panditaradhya — charitamu» («Avliyo pandit haqida qissa») qahramonlik dostonlari paydo boʻldi. 14—15-a. larda telugu tilida koʻpgina sanskrit asarlarining — puranlar, matematikaga oid asarlar, sheʼriy asarlar, ertak va masallarning tarjimalari yaratildi. 16-a. shoir va yozuvchilaridan Shrinath, Bammer Potana, Krishnadev Ray, Alasani Peddana telugu sheʼriyatining rivojiga katta hissa qoʻshganlar. 18-a. sheʼriyati bhaktshoir Vemana shatakamulari bilan mashhur.

19—20-a. larda publitsistika rivojlandi, yangi adabiy janr va shakllar paydo boʻldi. Telugu adabiyoti dagi maʼrifatparvarlik gʻoyalari asoschisi Kandukuri Vireshalingam (1 848—1919)ning yumoristik asarlari va «Rajashekhara hayoti» kabi romanlari ijtimoiymaishiy mavzudagi dastlabki asarlardir. 20-a. da romantik sheʼriyat gullab yashnadi (G. Apparao, R. Subbarao, D. Krishnashastri), 20-a. 1yarmi adabiyotida milliy mustaqillik uchun kurash gʻoyalari (V. Bhaskararo, V. Satyanarayana) aks ettirildi. Keyingi davrda Telugu adabiyotida gumanizm, realizm gʻoyasidagi turli ijtimoiy mavzudagi romanlar, hikoyalar, novellalar, falsafiy mavzudagi sheʼrlar yaratilmoqda (R. Vishvanatha Shastri, K. Kumar, P. Padamarazu, R. Reddi, M. Rao, Subbaroa, Somasundar va b.).

Ad.: Gurov N., Petrunicheva 3., Literatura telugu, M., 1967.

Tamara Xoʻjayeva, Ulfatxon Muhibova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x