Telegramda kanal ochish va yuritish

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

Telegramda kanal ochish va yuritish

Telegram kanallar statistikasi bilan shugʻillanuvchi Tgstat.ru sayti maʼlumot boʻyicha, hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda 30 mingdan ortiq Telegram kanal mavjud ekan.

Kanallarning asosiy qismi siyosiy va koʻngilochar kanallar hisoblanadi. Aksariyat qismi sifatsiz va koʻchirmachi kanallardan iborat.

Sifatli kanal ochish uchun nima qilish kerak?

1. Kanal uchun yoʻnalish tanlash

Oʻzbek tilida faoliyat yurituvchi va siyosatga aloqasi boʻlmagan sifatli kanallar juda kam. Qanday yoʻnalish tanlash esa oʻzizga bogʻliq.

2. Kanal uchun nom tanlash(neyming)

Kanal uchun nom tanlash eng muhim va qiyin qismlardan biri hisoblanadi. Kanalingiz uchun eksklyuziv nom oʻylab toping. Ushbu nom kanalingiz nima haqidaligini bildirib tursa yana ham yaxshi.

3. Kanal uchun logotip tanlash

Agar kanalingiz esda qolishini istasangiz ushbu qismga ham alohida eʼtibor qaratishingiz kerak. Logotip bu – kanalning shuningdek sizning ham yuzingiz hisoblanadi.

4. Kanalni sifatli maqolalar bilan toʻldirish.

Agar audiatoriyangiz 30 yoshdan kichik boʻladi deb hisoblasangiz lotin tilida faoliyat yuritganingiz maʼqul. Maqolalarni koʻchirmasdan va xatosiz yozishga harakat qiling. Yaxshi reklama orqali kanalga obunachi yigʻishingiz mumkin, lekin ularni olib qolish uchun maqolalaringiz sifatli boʻlishi lozim. Telegramning va internetning oʻzingiz uchun kerakli joylarini izlab toping va toʻgʻri foydalanishni oʻrganing. Agar qiynalsangiz, @foydali_link kanalimdan kerakli manbalarni topasiz.

5. Kanal auditoriyasini yigʻish

Agar yuqoridagi toʻrtta bosqichdan oʻtgan boʻlsangiz. Endi oʻz kanalingiz katta kanallarda reklama qildirishingiz mumkin. Reklama qildirishda eʼtibor bering, prikol kanallarda kanalingizni reklama qildirib, kitob oʻqishni yoqtiradiganlarni kutmang. Nakrutka qilish haqida esa oʻylashni oʻzi notoʻgʻri. Nakrutka kanalingizni «oʻldiradi» va qora tamgʻa bosilishiga sabab boʻladi.

👉 @abdusattor

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x