TELEGRAF APPARATI

TELEGRAF APPARATItelegraf aloqa oʻrnatishda elektr qurilma signallarini uzatish va qabul qilish uchun moʻljallangan qurilma. Birinchi elektromagnit Telegraf apparati rus olimi P. L. Shilling tomonidan ixtiro qilingan (1832) va amalda ishlatilgan. Dastlabki elektromagnit apparatlarda xabarlar siniq chiziklar koʻrinishida (qayd qiluvchi Telegraf apparati) yoki nuqtachiziqlar koʻrinishida (qayd qiluvchi Telegraf apparati) yoki nuqta va tirelar orqali (q. Morze apparati) uzatilgan va yozib olingan. 20-a. oʻrtalarigacha elektromexanik Telegraf apparati ishlatilgan, 70y. lardan boshlab elektronmexanik Telegraf apparatidan foydalanildi, keyinchalik toʻliq elektron T. a. va fototelegraf apparat (faksimil apparat) paydo boʻldi.

Telegraf apparati uzatkich, qabul qilgich va tok manbaidan iborat. Telegraf apparatiga xabarlarni avtomatik uzatish va qabul qilish qurilmalari ham oʻrnatish mumkin. Qoʻzgʻalmas yassi tasvirlar (matn yoki jadval, sxema, grafika, fotosurat va b.) faksimil apparat orqali uzatiladi (q. Faksimil aloka).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x