TELEFONIYA

TELEFONIYAtelefon aloqata doyr omillarni oʻrganish va bunday aloqani amalga oshirish uchun moʻljalangan apparatlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi fan va texnika sohasi. Ilmiy-texnik fan sifatida Telefoniya tovush maydoni xossalarini oʻrganish; tovush oʻzgartirgichlar va telefon apparatlarini hisoblash va loyihalash; koʻp kanalli telefon aloqa texnika vositalarini ishlab chiqish; telefon apparatlari va telefon aloka traktlari orqali uzatilayotgan tovush sifatini baholash mezonlarini ishlab chiqish; telefon styalarining kommutatsiya va boshkarish apparatlarini hisoblash va loyihalash; telefon tarmoqlarini loyihalash; kommutatsiya apparaturasining ishini nazorat qilish va ishonchligi (puxtaligi) ni oshirish usullarini ishlab chiqish va b. masalalar bilan shugullanadi. Telefoniyaning asosiy vazifalaridan biri telefon alokaning yangi zamonaviy tizimlari va apparatlarini ishlab chiqish va amalda joriy qilishdan iborat. Bunda elektronika va elektron texnika yutuqlaridan foydalaniladi. Telegraf aloqaning yangi zamonaviy samarador texnikaviy vositalari — kvazielektron va elektron kommutatsiya vositalari, uyali va raqamli, oʻzi javob beruvchi va qayd qiluvchi telefon apparatlarini yaratishda Telefoniya muhim ahamiyat kasb etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x