TEKRUR — Gʻarbiy Afrikadagi (Senegal daryosi havzasi) davlat (mil. 1ming yillik oʻrtasi — 15-a.). 11-a. ning 2choragidan islom dini davlat diniga aylana boshlagan; 11 —13-a. larda ravnaq topgan. 13-a. oxirida Mali davlatining siyosiy taʼsir doirasiga tortilgan. 14—15-a. larda koʻp mulklari parchalanib ketgan, 15-a. ning 2yarmida ularning bir qismi Jolof davlati, qolgani 15-a. oxiri — 16-a. boshida Songay tarkibiga kirgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые