SEROTERAPIYA

SEROTERAPIYA (lot. serum — zardob va terapiya) — kasalliklarni normal va immun zardoblar yordamida davolash usuli. Seroterapiyada davo organizmda passiv immunitet hosil qilish — zardob tarkibidagi antitelolar yordamida mikroblar (toksinlar)ni zararsizlantirishga asoslanadi. Zardoblar hayvonlarni (koʻproq otlarni) immunlash yoʻli bilan olinadi. Shuningdek, Seroterapiyaga tozalaigan va konsentrlangan geterogen (immunlangan hayvon zardobidan olingan) va gomologik (immunlangan yoki kasallanib, sogʻaygan odam zardobidan olingan) gammaglobulinpardan ham foydalaniladi. Immun zardoblar difteriya, botulizm, shuningdek, ilon, ari, baʼzi xasharotlar chaqqanda, gammaglobulin gripp, kuydirgi va b. yuqumli kasalliklarni davolashda qullanadi. Seroterapiya asoratlarining oldini olish uchun zardobni yuborishdan oldin (15—30 daqiqa, baʼzan 1—2 kun ilgari), uning ozrok, mikdori yuborib koʻriladi (yana q. Immunoterapiya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x