TEBINBULOQ VERMIKULIT KONI

TEBINBULOQ VERMIKULIT KONI — Qrraqalpogʻiston Respublikasining Sulton Uvays togʻlarida, Nukus sh. dan 75 km jan. gʻarbda. Kon 1937-y. da kayd etilgan. Tebinbuloq vermikulit koni quyi karbon davriga mansub. Gabbroperioditpiroksenit intruziv massivining kuchli biotitlashgan gʻarbiy va sharqiy chegaralari boʻylab uzluksiz rivojlangan chiziqsimon siniqchalar zonalari bilan bogʻliq yemirilish poʻstloqlarida joylashgan. Zonalar uz. 1,2 km, rudalanish chuq. 40 m. Alohida ruda tanalarining uz. 120—450 m, eni esa 18 — 220 m boʻlib, vermikulitning oʻrtacha miqdori 10—15%. Vermikulit sargʻishqungʻir tusli xolxol, tomir, tomirchalar va ularning toʻplamchalari sifatida biotitli piroksenitlarning nurash poʻstida hosil boʻladi. Genezisi boʻyicha kon yakunlangan magmatik jarayonlar bilan bogʻliq. Uning zahiralari 1 mln. t. dan ziyod. Ruda oson boyitiladi. Vermikulit issiklikdan izolyatsiya qiluvchi materiallar olish uchun ishlatiladi. Ekologiyada — oqar suvlarni neft va yogʻlardan tozalashda samarali foydalanilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x