TAXTIRAVON

TAXTIRAVON (taxt va fors, ravon — yuruvchi) — qad. va oʻrta asr Sharq mamlakatlarida 2 uzun yogʻochga oʻrnatilib koʻtarib yuriladigan oʻrindiq. 2 uchidan 2 kishi kutarib yurgan. Taxtiravonda podsho, xon, amir, lashkarboshi, turli amaldorlar, shuningdek, malikalar, badavlat xonadonlarga mansub ayollar koʻtarib yurilgan. Taxtiravon keyinchalik Sharqdan Gʻarb mamlakatlariga, xususan, Yunonistonga (mil. av. 4-a.), Rimga (mil. av. 1-a.) oʻtgan. Dastlab Taxtiravondan ayollar va bemorlar foydalanishgan. Rim imperiyasida dabdababozlik belgisi hisoblangan (serhasham bezatilgan, koʻtarib yuruvchining tashqi qiyofasi, kiyimi bir xil boʻlishiga eʼtibor berilgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x