TAUANTINSUYU

TAUANTINSUYU (kechua tilida — birlashgan toʻrt viloyat) — inklar davlati (1438—1536). Poytaxti — Kusko sh. T. 4 qismga boʻlingan: Kolyasuyu (Chilining shim. qismi, Boliviyaning deyarli barcha hududi va Argentinaning shim. gʻarbiy qismi); Kondesuyu (hoz. Peruning jan. gʻarbiy qismi); Chinchasuyu (Peru va Ekvador hududidagi And togʻlarining gʻarbiy yon bagʻri) va Antisuyu (Peru va Ekvador hududidagi And togʻlarining sharqiy yon bagʻri). Bunday boʻlinish ink Pachakuti tomonidan qilingʻan degan fikr mavjud. Tauantinsuyuda juda kup kabilalar yashagan, aholisi 8—15 mln. kishini tashkil etgan. Rasmiy tili — kechua. Davlat boshligʻi oliy inka hisoblangan. Rivoyatlarga koʻra, lhukmdor — Manko Kapak, soʻnggisi — Ataualpa boʻlgan. 1532—35 y. larda F. Pisarro va DAlmagro raxbarligida ispanlar T. ni bosib olib, uning boy madaniyatini vayron kilganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x