TARMASHIRIN

TARMASHIRIN, Alouddin Tarmashirin (? — 1334) — Movarounnahr sultoni (1326—34). Chigʻatoiylardan. Tarmashirin yoshligida buddaviycha Darmashila («dharma, yaʼni Budda qonuniga itoat etuvchi») nomi bilan atalgan. Islomni qabul qilgach, Alouddin deb atala boshlagan. Islomni qabul qilgani, koʻchmanchilar anʼanalarini buzib, shaharda yashay boshlagani, bu saltanat sharqidagi (Yettisuv va Issiqkoʻl boʻyidagi) koʻchmanchi moʻgʻullarning noroziligiga va ularni qoʻzgʻolon koʻtarishiga sabab boʻlgan. Qoʻzgʻolonchilar Tarmashirinni oʻldirganlar, xonlar qarorgohi yana bir necha yilga Ili daryosi boʻylariga koʻchirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x