TAQYATUZI

TAQYATUZI, taqyadoʻzi (arab, taqya — doʻppi) — zargarlik buyumi; xorazmlik ayollarning bosh kiyimiga mustahkamlanadigan taqinchoq. Taqyatuzi, asosan aylana, shuningdek murabba, 6, 8 qirrali shakldor plastinadan tuzilgan, plastina atrofi gir aylanasiga metall, marjon va qimmatbaho tosh munchoq va yaproqchalar bilan yakunlanadigan uzun metall zanjirli shokilalar bilan oʻralgan. Taqyatuzi yuzasi bosma, kandakori va shabaka usulida naqshlar bilan, ayrimlari atrofi feruza koʻzlar bilan xrshiyalangan yirik va mayda qimmatbaho toshlar qadab bezatiladi, markazida par oʻrnatiladigan naychasi ham boʻladi. Taqyatuzi plastinasi atrofi 2 qator feruza koʻzlar yoki zigʻiraklar bilan hoshiyalanadi. Taqyatuzi bosh kiyimini butunlai qoplab berkitib turadi. Qizlarning sepiga kirgan Taqyatuzi xorazm ustalarining yuksak mahoratini namoyish etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x