TAPIRLAR

TAPIRLAR (Tapiridae) — toq tuyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Oyoklari nisbatan kalta, oldingi oyoklarida 4, orqa oyoklarida esa 3 ta barmogʻi bor; oʻrta barmogʻi yaxshi rivojlangan. Tanasining uz. 250 sm cha, boʻyi (yagʻrinidan) 75—120 sm, ogʻirligi 225—300 kg. Terisi jun bilan qoplangan. Dumi qisqa. Kichik va serharakat xartumi yuqori labi oʻzgarishidan paydo boʻlgan. Koʻzi kichik, tishlari 42—44 ta. Tropik oʻrmonlardagi oqmaydigan suv havzalari qirgʻogʻida yakka yashaydi. Tunda faol. Oʻsimliklar bilan oziklanadi. Yaxshi suzadi. Hid bilish, eshitish organlari yaxshi rivojlangan; koʻzlari yaxshi koʻrmaydi. Yiliga bitta bola tugʻadi. Boʻgʻozlik davri 390—400 kun. 5 turi bor.

Oddiy tapir (Jan. Amerikada), togʻ tapiri (Kolumbiya, Shim. Peru va b. dengiz sathidan 4000 m baland joylarda), berda tapiri (Kordilyeradan gʻarbda), hind tapiri (Tailand, Malakka i. o., Sumatra o. va b. hududlarda) tarqalgan. Goʻshti va terisi uchun ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x