TANHO — Buxoro xonligi, Eron, Ozarbayjon, Armanistonda 16—20a. boshlarida shartli suratda yer inʼom etish. Tanho egasi — tanhodorning hokimiyati dehqonlardan yer soligʻi olish huquqi bilan cheklab qoʻyilgan, natijada dehqonlar astasekin unga shaxsan qaram boʻlib qolishgan.