SUV OʻRGIMCHAGI

SUV OʻRGIMCHAGI (Argyroneta aquatica) — Argyronetidae oilasiga mansub oʻrgimchaklarning yagona turi. Oʻrgimchaklar turkumining chuchuk suvda yashaydigan yagona vakili. Erkagining uz. 15—20, urgʻochisi 10—12 mm. Bosh koʻkragi qizgʻishqoʻngʻir, korni hoʻllanmaydigan kulrang tuklar bilan koplangan. Suv tagida nafas olishi uchun kerak boʻladigan zaxira havo pufak holida Suv oʻrgimchagining tuklari ustida saqlanadi (bu paytda u kumush rang tusda koʻrinadi). Uyasini suv osti oʻsimliklariga quradi. Yevropa va Osiyoning oʻsimliklarga boy, oqmaydigan yoki Suv oʻrgimchagi. sekin oqar suv havzalarida yashaydi. Asosan, jan. va oʻrta mintaqalarda (jumladan, Oʻzbekistonda) uchraydi. Hasharotlar lichinkasi va mayda kiskichbakasimonlar bilan oziklanadi. Urgʻochi oʻrgimchak suv ostida zaxira havo saqlanadigan qoʻngʻiroq shaklida in qurib, unga tuxumga toʻlgan pillasini qoʻyadi va uni yosh oʻrgimchaklar chiqquncha qoʻriklaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x