Tana go’zalligi sababi boladigan mahsulotlar

Agarda siz sog’lom yuz ko’rinishiga, chiroyli tirnoqlar hamda uzun, yaltiroq sochlarga ega bo’lishni istasangiz, turli dori va kosmetikaga hojat yo’q. Har bir xonadonda topiladigan ushbu sabzavot va meva mahsulotlari orqali ichki salomatlik va tashqi go’zallikka erishish mumkin.

Sabzi. Tarkibida juda ko’p karotin, A vitamini mavjud, ular orqali tanamiz melanin ishlab chiqaradi. Agarda siz quyoshdan olgan rangingizni uzoqroq ushlab turmoqchi bo’lsangiz, sabzi iste’moli sizga albatta, yordam beradi. U yana kaliy, oltingugurt, mis, temir, fosfor va yodga boydir. U hazm qilishni yaxshilaydi, metabolizmni qo’zg’atadi hamda tanaga ozdiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Sabzi ko’zni ravshan qiladi. Bundan tashqari, sabzi sharbati ichish erta soch oqarishining oldini oladi.

Ismaloq. Ushbu sabzavot tarkibidagi C vitamini bilan mashhurdir. Teringiz elastikligi uchun mas’ul bo’lgan kollagen ishlab chiqishda va saqlab qolishda yordam beradi. Ismaloq  antioksidantlarga juda boy. Uning foydaliligini oshirish uchun xom yoki bug’da pishirgan holda iste’mol qilishingiz zarur.

Brokkoli. Brokkoli — saratonga qarshi kurashuvchi moddalar, C vitamini, oltingugurt va foydali aminokislotalari bilan taniqlidir. Ushbu sabzavot tanani zaharli moddalardan tozalashda va qayta tiklashni tezlashtirishda juda ham foydali. Ismaloq kabi uni xomicha iste’mol qilishingiz mumkin.

Salat barglari. Yashil salat barglari nafaqat mazali, shu bilan birga immunitet tizimi uchun kerakli C vitaminiga boy hamdir. Har qanday salatga qo’shib iste’mol qilinsa, yaxshi samara beradi.

Karam. Ozgina yog’ bilan pishirilgani yoki dimlangani ich qotishning oldini olish bilan birga ozdirish ta’siriga ham ega. Tuzlangan karam tarkibidagi moddalar zaharsizlantirish xususiyatiga ega, ular bog’lovchi to’qimalarni mustahkamlaydi, ortiqcha suvni chiqarib tashlash orqali tsellyulitdan xalos bo’lishga yordam beradi. Tana terisi tekis va sog’lom bo’ladi. Karam tanani C vitamini, kaliy, mis va kletchatka bilan ta’minlaydi. Tuzlangan karam tarkibidagi sut kislotasi shishning oldini oladi va ichak florasini tiklaydi.

Qichitqi o’t. Qichitqi o’t, g’alati eshitilsa-da, biroq juda ham foydali. Undan tayyorlangan sho’rvaning iste’moli kunlik temir moddasiga bo’lgan ehtiyojni qondiradi.

Petrushka. Petrushka tarkibida C va E vitaminlari hamda kerakli yog’lar mavjud. Ular buyrak kasalliklarini davolashda yordam beradi. Petrushka organizmni zararli moddalardan tozalovchi, siydik haydovchi xususiyatga ega. U terini silliqlab, semirishga to’sqinlik qiladi.

Quritilgan meva va yong’oqlar. Har kuni oz-ozdan mayiz, o’rik qoqisi yoki eryong’oq iste’mol qiling. Ular shirinliklardan ko’ra foydaliroqdir. Quritilgan mevalar organizmni B guruh vitaminlari, yong’oqlar esa E vitamini va temir, kaliy, kaltsiy hamda magniy kabi qimmatli minerallar bilan ta’minlaydi. Ular tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Tarkibida modda almashinuvini tezlashtiruvchi tolalar mavjud.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x