TAMBOV

TAMBOV — RF Tambov viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Tambov va avtomobil yoʻllari tuguni. Sna daryosidagi pristan. Aholisi 316,9 ming kishi (1998). 1636-y. da Moskva davlati tomonidan jan. hududlarni egallash maqsadida qalʼa sifatida barpo etilgan. 1719-y. dan Tambov provinsiyasi, 1779-y. dan namestnichestvosi, 1796-y. dan gubernyasi markazi. RFning yirik industriya markazi. Mashinasozlik va metallsozlik (kimyo sanoati uchun asbobuskunalar, priborlar, avtomobillar va qishloq xoʻjaligi. mashinalari uchun ehtiyot qismlar), kimyo (boʻyovchi moddalar, rezinaasbest buyumlari) va oziqovkat sanoatlari rivojlangan; qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Tikuvchilik, mebel sanoati, issiklik elektr markazi bor. Unt, 11 oʻrta maxsus bilim yurti, i. t. institutlari, drama, qoʻgʻirchoq teatrlari, filarmoniya, kartinalar galereyasi, oʻlkashunoslik muzeyi, G. V. Chicherin uymuzeyi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x