TALAS — Qirgʻizistondagi shahar (1944-y. dan). Talas viloyati markazi. Talas daryosi vodiysida, dare boʻyida. Taroz t. y. stansiyasidan 90 km. 1280 m balandlikda. Taroz t. y. stansiyasi va Bishkek bilan avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan. Aholisi 32,6 ming kishi (1999). Yogʻmoy zdi, non kti, pivo zdi, qurilish materiallari korxonalari, tikuvchilik fkasi, Bishkek poyabzal ishlab chiqarish. birlashmasi filiali, GES bor.
Loading…