STRASBURG UNIVERSITETI

STRASBURG UNIVERSITETI — Fransiyadagi qad. un-tlardan biri. 1621-y. asos solingan. 1870—71 y. gi FransiyaPrussiya urushida Fransiya magʻlubiyatga uchragach yopilgan va uning oʻrniga Kayzer Vilgelm un-ti tashkil etilgan. 1919-y. qayta tiklangan. 1935— 45 y. larda KlermonFerran sh. da joylashgan va Fransiya Qarshilik koʻrsatish harakatining markazlaridan biri boʻlgan. 1947-y. Kdrshilik kursatish xarakati medali bilan mukofotlangan. Su. tarkibida 3 un-t faoliyat koʻrsatadi. Tibbiyot, mat., fizika, kimyo, fiziologiya, biokimyo, botanika, zool., umumiy biol., geol., geofizika, tarix, filol., teologiya, huquq, iqtisodiy fanlar va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 30 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 3 mln. dan ortiq asar saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x