TAKTAK

TAKTAK (Hordeum bulbosum Torn.) , xarduma, togʻarpa — boshokdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, begona oʻt. Boʻyi 50—190 sm. Boshogʻi 6—13 sm, eni 6—7 mm, qalami, moʻrt. Ostki gul qipigʻining qiltigi 4 — 6 sm, Taktakning yer osti qismi kichikroq piyozga oʻxshash tuganak hosil qiladi. May—iyun oylarida gullab, meva tugadi. Adir va togʻ yonbagʻirlarida, vohalardagi gʻalla ekinlari orasida va marzalarda, yoʻl yoqalarida oʻsadi. Pichanbop oʻsimlik hisoblanadi. Baʼzan doni oziq-ovqat uchun ishlatiladi. Poyasi tez dagʻallashgani va serqiltiqligi tufayli boshoqlagunga qadar oʻrib olinadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x