Taklifnoma

Tunov kuni boshligʻimiz oʻgʻliga toʻy qildi. Toʻydan ikki kun burun hamma xodimlarni xonasiga chaqirib uqtirdi:

Sizlarga maʼlumki, biznikida toʻy. Taklifnoma tarqatib oʻtirmayman. Oʻzlaringiz bilasiz, qogʻozbozlikni yoqtirmaydigan odatim bor. Yoppasiga boraverasiz, maʼqulmi?

Boshliq huzuridan chiqqach, hammamiz uning bu xislatini maqtashga tushib ketdik:

– Boshligʻimiz ajoyib odam-da!

– Toʻgʻri qildi, taklifnoma tarqatib yuradimi, ortiqcha mash-masha!

– Boshligʻimiz bachkana emas-da…

Hammamiz boshliq didiga yoqadigan sovgʻa izlash taraddudi-da edik.

Kuni kecha esa bir xodimimiz toʻyga taklif qildi. U ham boshliq izidan borib, taklifnoma tarqatmadi, xonama-xona yurib, hammamizga birma-bir tayinladi:

– Albatta boringlar, toʻyimiz sizlarsiz oʻtmaydi.

Uning bu qilmishi koʻpchilikka yoqmadi. Ketidan gʻoʻngʻir-gʻoʻngʻir gaplar tarqaldi:

– Taklifnoma tarqatsa, nima qilardi?!

– Ortiqcha chiqimga toqati yoʻq-da, oʻlguday nokas!

– Rasmiy ravishda taklifnoma bermadimi, toʻyga borish yoʻq!..

 

Malik BOYMATOV

 

“Oila davrasida” gazetasidan olindi.

https://saviya.uz/ijod/nasr/taklifnoma/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x