TAKLAMAKON YODGORLIKLARI — Taklamakon choʻlidan topilgan qad. yodgorliklar. Qum bosgan koʻplab koʻhna shahar xarobalari aniqlangan. 1979-y. Lobnor koʻli yaqinidan oquvchi Kunchi daryosi boʻyida bundan 5—6 ming yil ilgari yashagan odamlarning qabri topilgan. Jasadlar boshiga uchli kigiz qalpoq kiygizib qoʻyilgan, ular yungdan dagʻal toʻqilgan mato bilan oʻralgan. Qabrdan, shuningdek, palosgilam, kigiz, teriga ishlov berib qilingan etik nusxalari, nafis toʻqilgan savatlar va ular ichidan chiqqan bugʻdoy donlari topilgan. Topilmalar Taklamakon choʻli atrofida qadimda ancha yuksak madaniyat, xususan, hunarmandchilik va dehqonchilik rivoj topganligini koʻrsatadi. Jasadlar maxsus asboblar yordamida Nanjin sh. (XXR) da tekshirib koʻrilganda ulardan eng qad. larining yoshi 6 ming yildan oshganligi anikdangan. Ayrim jasadlarning nafakat terisi, balki ichki aʼzolari ham yaxshi saqlangan; hatto kichik tomirlari mikroskop yordamida tekshirilganda, unda yogʻ va teri bezlari aniq koʻringan. Jasadlar orasida «Krurona goʻzali» nomini olgan oʻrta yoshli ayol jasadi alohida eʼtiborga molik (q. Krurona goʻzallari). Olimlar uning oʻpkasidagi kremniy va kislorod birikmasini hisobga olgan holda, u choʻlda yuz bergan qum boʻronida qolib ketishi natijasida bevaqt vafot etgan degan taxminga kelishgan. Ayolning yoshi 42—45 larda boʻlib, u sargʻish sochli, kipriklari uzun, yupqa labli, Turkiston xalkdariga xos kirra burun, goʻzal boʻlgan. Yaponiya olimlari jasad asosida uning asl kiyofasini tiklashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые