Test qachon boshlanadi, ruxsatnoma qachon chiqadi?

“Test qachon boshlanadi, ruxsatnoma qachon chiqadi?” degan savollar hamma abituriyentni o‘ylantirayotgan bo‘lsa kerak. Aytishlaricha, hozirgi holatga ko‘ra, test sinovlarini 8 avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda. Ruxsatnomalar ham shunga muvofiq, yaqin kunlarda tarqatilishni boshlaydi. Ammo bu yakuniy rasmiy qaror emas. Yana ham Davlat qabul komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilinsa, qo‘shimcha xabar beriladi.