TAEKVONDO

TAEKVONDO (koreyscha: tae— oyoq, kvon — qoʻl, do—yoʻl, yaʼni oyoq va qoʻllarning qarakat yoʻli) — sport kurashi turi. Bunda erkak va ayollar belgilangan maydonchada oʻz vazn toifalarida (himoya vositalarida) yakkamayakka olishish va maxsus mashklarni bajarish mahoratini namoyish etish borasida yakka va jamoavii tarzda oyoqqoʻllarda zarbalar berish yoki zarba xarakatlarini qayd etish boʻyicha musobaqalashadilar. Taekvondoda musobakalar 2 yoʻnalishda — Xalqaro taekvondo federatsiyasi (1TF; 1966-y. tuzilgan, 140 dan ortiq mamlakat aʼzo) va Jahon taekvondo federatsiyasi (WTF; 1973-y. tuzilgan, 140 dan ortiq mamlakat aʼzo) yoʻnalishlarida tashkil etiladi. Taekvondo asli koreys xalqining kurash turi hisoblanadi. Miloddan 600-y. ilgari koreislar jang qilish va himoyalanish vositasi sifatida uning usullarini qoʻllaganlar. Taekvondoning rivojlanishida subak, xvaran va b. kurash yoʻnalishlari muhim rol oʻynadi.

Taekvondoning 1TF yoʻnalishiga 1955-y. KXDRda asos solingan. Bu yoʻnalishda sportchilarning boshga tepishi, beldan pastga zarba berish, umuman, tananing ruxsat etilgan qismiga ham oyoq bilan toʻliq zarba berish taqiqlangan. Shuningdek, qoʻl bilan ham kuchli zarba berishga ruxsat etilmaydi. Musobaqalar (5 ta vazn toifasida) 2 boʻlimda (har boʻlim 2 min. dan, tanaffus — 1 min.) davom etadi. Anik, zarbalarga ochko beriladi. Maxsus mashklarni bajarishga maʼlum vakt ajratiladi va ijro texnikasi baholandi.

Taekvondoning WTF yoʻnalishiga 1961-y. Koreya Respublikasida asos solingan. 2000-y. taekvondo (WTF) Sidney olimpiadasi dasturidan oʻrin oldi. Taekvondo (WTF) sportchilarning qoʻloyoqlarda tananing beldan yuqori, old qismiga zarbalar berishiga ruxsat etadi. Musobakalar (8 vazn toifasida) sportchilarning himoya vositalarini kiygan holida tashkil qilinib, 3 boʻlimda (har boʻlim 3 min. dan, tanaffuslar — 1 min. dan) davom etadi. Aniq zarbalarga ochko beriladi. Gʻolib nokaugga yoki ochkolar koʻpligiga qarab aniklanadi.

Oʻzbekistonda taekvondo (ITF) 1989-y. dan ommaviylashdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston taekvondo (1TF) federatsiyasi tuzildi va ITFra qabul qilindi. Bu federatsiya 2000-y. da Oʻzbekiston taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi nomi bilan qayta roʻyxatdan oʻtdi. Uning viloyatlarda boʻlimlari tuzilgan, 40 dan ziyod taekvondo (1TF) klublari faoliyat koʻrsatadi. 200 dan ortiq murabbiy 50 mingdan koʻproq Taekvondo chi bilan shugʻullanmoqsa (2004). OʻzRda taekvondo (ITF) musobaqalari muntazam oʻtkaziladi va oʻzbekistonlik sportchilar xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etishadi. Poʻlat Usmonov, Valeriy Pak, Viktor Nikolayev va b. taekvondo (1TF) ning Oʻzbekistondagi dastlabki targʻibotchilari boʻlishgan. Endilikda ular yetakchiligida Botir Mamedov, Dmitriy Nim, Nasriddin Tolipov, Shahnoza Shuqratjonova, Aleftina Kim, Moisey Nogay kabi oʻnlab sportchilar Osiyo va jahon chempionatlari, nufuzli musobaqalarda sovrindorlar qatoridan oʻrin Olishdi. Taekvondo (WTF) Oʻzbekistonda 1990-y. dan ommaviylashdi va oʻsha yili respublika taekvondo (WTF) federatsiyasiga asos solindi. Bu federatsiya 1992-y. da Oʻzbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi nomi bilan kayta roʻyxatdan oʻtdi va 1993-y. da WTFra aʼzo boʻldi. Uning viloyatlarda boʻlimlari bor, 10 ta shahar taekvondo (WTF) klubi, tumanlardagi toʻgaraklarida 200 ga yakin murabbiy 17 mingdan ziyod Taekvondo chi bilan mashgʻulot olib boryapti (2004). Oʻzbekistonda taekvondo (WTF) musobakalari muntazam oʻtkazilyapti va sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda ham qatnashyapti. Olek Pak, Adik Li, Aleksey Kan va b. taekvondo (WTF) ning yurtimizdagi dastlabki targʻibotchilari boʻlishgan. Yevgeniy Xan, Eduard Xegay, Ravshan Toshpoʻlatov, Umid Dadaxonov, Sanjar Mansurov, Natalya Mikryukova kabi sportchilar Osiyo va jahon chempionatlari, nufuzli musobaqalarda medallarni qoʻlga kiritishgan.

Asror Moʻminov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x