TABIAT YODGORLIKLARI

TABIAT YODGORLIKLARI — jonli va jonsiz tabiat yaratgan noyob, diqqatga sazovor obyektlar: gʻorlar, sharsharalar, ajoyib shaklli qoyatoshlar, daralar, geyzerlar, buloklar, ochilib qolgan joylar, katta yoshli ulkan daraxtlar. Tabiat yodgorliklaridan ilmiy, estetik, rekreatsiya, sayohat, turizm, istirohat, tarbiyaviy maqsadlarda foydalaniladi. Uzbekistonda bunday Tabiat yodgorliklaridan juda koʻp: qad. odamlarning qoldiqlari topilgan Teshiktosh gʻori, Sayrob, Boysun, Xoʻjakentdagi qad. chinorlar, Qoʻytosh, Qirqqiz, Odamtosh, Xoʻjakentdagi qoyatoshlarga chizilgan rasmlar shular jumlasidandir. Mamlakatda 400 dan ziyod Tabiat yodgorliklari roʻyxatga olingan. Tabiat yodgorliklari davlat tomonidan qoʻriqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x